Длительность:
06:37
Размер файла:
15.19 MB
Качество:
320 kbps
Дата добавления:
27.09.2023
Текст песни
Karvon ko’rdim: tuyalari bo’zlab kelar,
Nortuyada mening yorim izlab kelar. (x2)
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab kelar. (x2)
Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor.
Karvon yo’li ketgunicha qizg’aldoq zor,
Yig’lamagin, yig’lagandan dunyo bezor.
O’ynab-o’ynab, kulib-kulib ketayvergin,
G’amga o’zim xaridorman, o’zim bozor.
Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor.
Qorli tog’dan naridadir o’zga diyor,
O’zga yurtda kelin bo’lib qolishing bor.
O’zga yurtda o’z yurtingni eslab turgin,
Menga emas, o’z yurtingga bo’l intizor.